
"Atletiko" etakchi o‘yinchisini qo‘yib yuboradi
"Atletiko" Madrid 34 yoshli Luis Suares bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Klubning 2022/2023 yilgi rejalarida Suares uchun joy topilmagan.
Urugvaylik futbolchi ham allaqachon yangi klub izlashni boshlab yuborgan. Taxminlarga ko‘ra, Luis MLS yoki APLga ko‘chib o‘tadi.
Ayni paytda "Atletiko" forvardiga "Nyukasl", "Mayami" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Luis Suares joriy mavsum La Liga doirasidagi 19 o‘yinda o‘z hisobiga 7 gol va 1 assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar