
"Atletiko" Diego Kosta o‘rniga "Real Sosedad" hujumchisini sotib olmoqchi
“Atletiko” yaqindagina jamoani tark etgan hujumchi Diego Kostaga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.
Madridliklar bu borada “Real Sosedad” forvardi Villian Jozeni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. “Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, “matraschilar” aynan 29 yoshli braziliyalik futbolchi nomzodiga to‘xtalishgan. Villian Jozening xizmatlarini “Atletiko”ga uning agenti taklif qilgan.
Joze joriy mavsum La Ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar