“ATF Championship 3” turnirida yurtimizning TOP jangchilari oktagonga ko‘tariladi

  • 28 avgust, 2021, 11:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘Zbekiston MMA olamining mashhur vakili Muzaffar Radjabov boshchiligida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, ochilgan ATF Championship promousheni o‘zining dastlabki ikki turnirini o‘tkazib ulgurgandi.

Tecno

 Har ikkisi ham Buxoroda bo‘lib o‘tgandi. Biroq, navbatdagisi poytaxtimizda o‘tkaziladi. 25 sentyabr kuni Toshkent shahri  “ATF Championship 3” turniriga mezbonlik qiladi.  Ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida O‘zbekistonning eng kuchli jangchilari oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, qo‘shni mamlakatlarning yuqori klassdagi sportchilari ham o‘z janglarini o‘tkazadi.

Hozirga qadar, fayt-karddan o‘rin olgan bir nechta janglar aniq bo‘lib ulgurgan. Bu borada ham sizlarga batafsil ma’lumot berib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!