
"Atalanta" ustozi PSJga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
“Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Chempionlar ligasi chorak finalida PSJdan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatni izohladi.
“Eng achinarlisi shundaki, biz g‘alabaga nihoyatda yaqin edik va yutuqqa erishamiz, deb o‘ylagan edik. Men Chempionlar Ligasidagi o‘yinimizdan qoniqish hosil qildim. Biz har bir o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rdik. Yigitlarga faqat rahmat aytaman.
PSJda dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor - Mbappe va Neymar, ular uchrashuv natijasini o‘zgartirish salohiyatiga ega.
Chempionlar Ligasi bu shunday musobaqaki, undagi natijani ba’zi kichik narsalar hal qilib yuboradi.
Bergamo aholisi bu natijani haligacha nishonlashadi. Boisi, shogirdlarim bor kuchini berdi. Bu bizdan so‘ralgan narsa edi. Bizda g‘oyalar va ishtiyoq bor. Bu kelajakda biz yaratadigan oxiri yo‘q quduqdek loyiha, buning uchun pul kerak emas”, - dedi Gasperini.
Fikrlar