
"Atalanta" himoyachisi Evropa grandlari e’tibor markazida
"Atalanta" markaziy himoyachisi Jordjo Skalvini Evropaning bir qancha klublari qiziqarli doirasida. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining xizmatlariga "Bavariya", "Manchester Siti" va Turinning "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Iqtidorli futbolchining transfer qiymati 40 million evroga baholanmoqda. Skalvinining "Atalanta" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda Jordjo “Atalanta” tarkibida o‘nta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.
Fikrlar