"Aston Villa" Sancho transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

  • 1 sentabr, 08:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning qanot hujumchisi Jeydon Sancho o‘z faoliyatini Angliya premer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

25 yoshli futbolchi uchun kurashga "Aston Villa" ham qo‘shildi va "qizil iblislar" bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Angliyalik futbolchining transferi jamoalar o‘rtasidagi darvozabon Emiliano Martines borasidagi muzokaralarga mutlaqo bog‘liq emas. "Manchester Yunayted" o‘tgan mavsumni "Chelsi"da ijara asosida o‘tkazgan Jeydon Sanchoga ishonch bildirmayapti.

Transfermarktning baholashicha, futbolchining transfer narxi 28 million evroni tashkil etadi, uning mankunianliklar bilan shartnomasi keyingi yili tugaydi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!