
Aspilikueta Ispaniyaga qaytishi mumkin
"Chelsi"ni tark etishi deyarli aniq bo‘lgan Sesar Asplikeeta faoliyatini "Inter"da davom ettirishga yaqin turgandi. Himoyachining o‘zi bilan shaxsiy shartlar ham kelishib olingan. Ammo unga La Ligadan taklif chiqdi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, Asplikueta uchun kurashga "Atletiko" ham qo‘shildi. Uning oilasi Ispaniyaga qaytishni istaydi. Ayni dam muzokaralar yaxshi davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchiga La Liga begona emas. U 2007-2010 yillar oralig‘ida "Osasuna"da to‘p tepgan. Shuningdek, o‘tgan yili yozda "Barsa" ham himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi.
Fikrlar