
Aspilikueta "Chelsi" tarixiga kirdi
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta kecha “Liverpul”ga (1:0) qarshi o‘yinda ishtirok etdi va o‘zining “aristokratlar” safidagi o‘yinlari sonini 411 taga etkazib oldi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi “Chelsi”da eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Eddi Makkridini ortda qoldirgan va kuchli o‘nlikka kirgan.
“Chelsi” safida eng ko‘p o‘yinda ishtirok etgan futbolchilar ro‘yxatining eng yuqori uchligidan Ron Xarris (795), Piter Bonetti (729) va Jon Terri (717) joy olgan.
Aspilikueta "Chelsi" safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida o‘z hisobiga 14 ta gol va 51 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar