
Aspilikueta: “Biz istagan o‘rindan ancha uzoqdamiz”
“Chelsi” 18-turda ochko yo‘qotganidan keyin turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. O‘yindan keyin jamoa sardori Sezar Aspilikueta o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Albatta biz bugun 2 ochko yo‘qotdik. Mavsum boshidan beri ochko yo‘qotmoqdamiz. Ayni dam biz istagan o‘rindan ancha uzoqdamiz. Biz uchun yaxshi damlar bo‘lmasa-da, birlashishimiz kerak”, - dedi ispaniyalik himoyachi.
Ma’lumot o‘rnida, “Chelsi” hozirda o‘zining eng yomon mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Ular oxirgi marta 2015/16 yildagi mavsumda bunday kam ochko to‘plagandi.
Fikrlar