Arturo Vidal "Barselona"dan ketganini e’lon qildi

  • 21 sentabr, 2020, 23:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chililik yarim himoyachi Arturo Vidal instagramdagi sahifasi orqali "Barselona"dan ketganini ma’lum qildi.

Tecno

“Bugun men “Barselona” bilan xayrlashyapman. Bu jamoada men ikkita ajoyib mavsumni o‘tkazdim. Bu libosni kiyganimdan judayam xursandman va mana shunday buyuk futbolchilar bilan birga o‘ynaganimdan faxrlanaman. Shuningdek, menga mehr ko‘rsatgan oilam, jamoadoshlarim, murabbiylar va shifokorlardan minnatdorman.

Bugun men hayotimda yangi bosqichni boshlayman, lekin siz doimo mening yuragimda bo‘lasiz”, - deb yozdi Vidal.

Bundan avvalroq, Arturo “Inter” bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga jo‘nab ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!