
Arteta Tomas Partining kelajagi haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta shartnomasi iyun oxirigacha amal qiladigan yarim himoyachi Tomas Partining kelajagi borasida izoh berdi.
"Tomas nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak, bu uning eng barqaror mavsumi bo‘ldi. U qanday o‘ynagani, qanday tayyorgarlikda bo‘lgani va o‘zini qanday ko‘rsatganini hisobga olsak, u biz uchun juda muhim futbolchi. Men buni ko‘p marta aytganman – men uni jamoada qolishini istayman" – deya ta’rif berib o‘tdi jurnalistlarning savoliga.
"Kanonirlar" kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashishni kafolatlab bo‘lgan. APLning so‘nggi turida Mikel Arteta jamoasi "Sautgempton"ga qarshi o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, ganalik xavbek joriy mavsum to‘pchilar safida 51 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2025 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar