
Arteta Mxitaryanni "Arsenal"ga qaytarmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta “Roma”da ijarada o‘ynayotgan yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni “kanonirlar” safiga qaytarish masalasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu futbolchi menga doimo yoqqan. Agar u o‘zining eng yaxshi sport formasida bo‘lsa, har qanday jamoaga moslashib keta oladi. Biz uni qaytarishimiz mumkin va bu masalani, albatta, ko‘rib chiqamiz”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Mxitaryan joriy mavsum “Roma” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar