
Arshavin endi katta odam bo‘lib ketadi
Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin tez orada “Zenit” klubining sport departamenti rahbari lavozimida ish boshlaydi.
U shuningdek, piterliklarning o‘rinbosarlar jamoasi bilan va “Zenit”ning transfer siyosati bilan ham shug‘ullanadi.
Arshavin professional futbolchilik faoliyatini 2018 yilda yakunlagan edi. U “Zenit” safida 374 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 78 ta gol hamda 106 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar