
"Arsenal"ni endi kim sardor sifatida maydonga olib chiqishi ma’lum bo‘ldi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang o‘zining xatti-harakatlari bilan nafaqat murabbiylar shtabi va rahbariyatning ishonchini, balki sardorlik bog‘ichini ham yo‘qotdi. Mikel Arteta o‘z shogirdini tartib-intizomni buzgani uchun shunday jazoladi.
Britaniyaning Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, keyingi o‘yinda jamoani Aleksandr Lyakazett sardor sifatida maydonga olib chiqadi. Frantsiyalik futbolchi jamoaning vaqtinchalik sardori etib tayinlandi.
Qizig‘i, Lyakazettning o‘zi qishda London klubini tark etib, boshqa chempionatga o‘tish niyatida. Shunga qaramay, hujumchi so‘nggi paytlarda Artetani o‘z o‘yini bilan hayratda qoldirdi.
Fikrlar