
“Arsenal”ga Maduekeni qaysi futbolchilar tavsiya qilgani ma’lum bo‘ldi
Angliya Premer-ligasida g‘oliblik uchun kurashishni maqsad qilgan “Arsenal” o‘z tarkibiga “Chelsi”ning mahoratli hujumchisi Noni Maduekeni qo‘shib oldi.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, bu transferga “kanonirlar” hujumchisi Bukayo Saka va yarim himoyachi Deklan Rays o‘z hissasini qo‘shdi. Har ikki futbolchi bosh murabbiy Mikel Arteta va klub rahbariyati bilan suhbatda Maduekening mahoratini ochib berishga muvaffaq bo‘lgan.
Saka va Rays Angliya terma jamoasida 23 yoshli hujumchi bilan birga o‘ynaganliklari va u “Arsenal”da o‘zini ko‘rsatishiga ishonishlarini bildirgan.
Natijada
“Arsenal” mutasaddilari 52 million funt evaziga bu transferni amalga oshirdi. Madueke bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan uzoq muddatli shartnoma tuzildi.
2023 yildan beri “Chelsi”da o‘ynab ketgan Noni shu paytga qadar jami 92 ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga 20 ta gol va to‘qqizta assist rasmiylashtirib qo‘ygan.
Fikrlar