
Arteta "Arsenal"ning EChLga chiqish imkoniyatlarini baholadi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining APLda top-5 talikka kirish imkoniyatlarini baholadi.
“Agar shanba kuni “Vest Xem”ni yutsak, maqsadga yaqinlashamiz. Bularning barchasi mening hayolimda xolos, lekin ikki hafta oldin bular shunchaki imkonsiz tuyulardi.
Biz faqatgina oldinga intilishimiz va 3 ochko olishimiz kerak. Shundagina bizda mavsumning so‘nggi 3-4 o‘yinida imkoniyat bo‘ladi”, - deydi Arteta.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” 28 ta turdan so‘ng 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar