"Arsenal" yulduzi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 25 avgust, 17:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Bukayo Saka APL 2-turidan o‘rin olgan "Lids"ga (5:0) qarshi o‘yinda olgan jarohati tufayli 4 haftagacha muddatga safdan chiqdi. BBC xabariga ko‘ra, Sakaga sonning orqa qismi shikastlangani tashxisi qo‘yilgan.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidan o‘rin olgan ikki o‘yindan so‘ng "Arsenal" 6 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ichki chempionatning navbatdagi o‘yinida "kanonirlar" 31 avgust kuni Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi.

23 yoshli Bukayo o‘tgan mavsum "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!