
"Arsenal" vaziyatdan foydalanib, "Real" futbolchisi bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi
Chempionlar Ligasi chorak finalida "Arsenal" "Real"ga qarshi bahs olib bormoqda. Uchrashuvlar 8 va 16 aprel kunlari mos ravishda Londonda va Madridda bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yin natijasiga ko‘ra, "to‘pchilar" qirollik klubi"ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi.
"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, “kanonirlar” ushbu o‘yinlardan foydalanib, “qirollik klubi” bilan futbolchi borasida muzokaralarni boshlamoqchi. "Arsenal" madridliklar yarim himoyachisi Arda Gyulerni sotib olmoqchi.
Manbaning yozishicha, yaqinlashib kelayotgan yozda “Arsenal” 20 yoshli Gyulerning transferi uchun 30 million evro to‘lashga tayyor bo‘ladi.
Shu bilan birga, manba Madrid klubi turkiyalik futbolchini sotmoqchi emasligini ham qayd etgan. Gyuler joriy mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, “Real” uni kelajak rejalari doirasida muhim futbolchi sifatida ko‘radi.
Fikrlar