
“Arsenal” uchta futbolchisidan voz kechdi
Angliya Premer-Ligasida g‘oliblik uchun kurashayotgan “Arsenal” qishki transferlar vaqtida tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qiladigan bo‘ldi.
“Kanonirlar” yanvarda uch nafar futbolchisini sotib yuborishga qaror qildi.
Bosh murabbiy Mikel Arteta ikki nafar himoyachi – Aleksandr Zinchenko va Kiran Tirni, mashhur hujumchi Gabriel Jezus xizmatidan voz kechishga tayyor.
Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, bu o‘yinchilarning ketishi klubning maoshlar fondiga bosimni kamaytiradi, shuningdek, kerakli o‘yinchilarni olish uchun joy ochilishiga xizmat qiladi.
Londonliklar murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan tezroq qutilib, qishki transferlar vaqtida yangi ijrochilarni olib kelmoqchi.
Fikrlar