
"Arsenal" transfer bozorida faollashdi
"Arsenal" Mudrik uchun "Shaxtyor"ga birinchi taklifni jo‘natdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritso Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "kanorirlar" futbolchi uchun kafolatlangan 40 million evro va 20 million evro bonus taklif qilgan. Biroq "Shaxtyor" bundan ko‘prog‘ini istaydi. Klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
"Arsenal" Mudrikni uzoq vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda. Vingerning o‘zi Londonga kelishga rozi bo‘lgan.
Fikrlar