«Arsenal» kimni sotdi? «Siti» kimni xarid qildi? Qishning ilk transferlari bilan tanishing

  • 5 yanvar, 2021, 10:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1 yanvar sanasida Evropaning kuchli beshlik vakillari uchun transfer oynasi ochildi. Shu bois, klublar transferlarni amalga oshirishga tushib ketdi. Kimdir kelajak uchun iqtidorli futbolchilarga pul sarflagan bo‘lsa, boshqa klublar bo‘sh pozitsiyalarga ijrochilar xarid qilishga kirishdi. Bugun ortda qolgan 5 kun davomida transfer bozoridagi eng ko‘zga ko‘ringan transferlarni yodga olamiz.

Tecno

Amad Diallo Traore

«Atalanta» - «Manchester Yunayted»

fas1

Aslida, bu transfer yozning so‘nggi kunida hal etilgan edi. «Yunayted» hujjatlarni rasmiylashtirishga shoshilmadi va vunderkind uchun 21 million evroni oldindan to‘lab qo‘ydi. Yangi yilning ilk kunida esa, Dialloning transferi rasman e’lon qilindi. E’tiborlisi shundaki, Amad Traore bu mavsumda A Seriya o‘yinlarida atigi 35 daqiqa to‘p surdi, xolos.

Dominik Soboslai

«Red Bull Zaltsburg» – «RB Leyptsig»

fas2

Vengriya futbolidagi eng yorqin yulduzlardan biri sanalgan Soboslai uchun kurash avjida edi. Uni «Real» yoki «Liverpul»ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar urchib ketdi, ammo yakunda futbolchi o‘z klubining «akasi» safiga borib qo‘shildi. 20 million evro evaziga o‘z futbolchisini Bundesligaga qo‘yib yuborgan Avstriya klubi allaqachon bu pullarni sarflashni boshlagan.

Yoakim Mele

«Genk» - «Atalanta»

fas3

Daniyalik qanot himoyachisi o‘zini Belgiyada juda yaxshi namoyish eta oldi. «Genk» bilan birgalikda Evropa Chempionlar Ligasida to‘p surdi va hatto terma jamoadan chaqiruv oldi. Bergamoda Gasperini bir nechta kuchli qanot himoyachilarini (Kastan, Gosens, Xatebur) etishtirib chiqardi. Endi navbat Melega shekilli.

Brendan Aaronson

«Filadelfiya Yunion» – «Red Bull Zaltsburg»

fas4

Soboslaini qo‘yib yuborgan jamoa, uning o‘rnini MLSdan kelgan 20 yoshli yigit bilan to‘ldirishga qaror qildi. Yosh bo‘lishiga qaramay, qahramonimiz o‘tgan mavsumda jamoasini region chempionligigacha boshlab borgan edi. Gol kiritishdan tashqari, o‘yinni yaxshi o‘qiy oladigan Aaronson uchun «Red Bull Zaltsburg» 6 million evro sarfladi.

Filip Stevanovich

«Partizan» - «Manchester Siti»

fas5

Serbiyalik yangi yulduz 16 yoshida «Partizan»ning asosiy tarkibida ko‘rinish bergan edi. Oradan ikki yil o‘tib, uni shaxsan Pep Gvardiola o‘z jamoasga chaqirdi. Bu transfer uchun esa, «Siti» 8,5 million evrodan voz kechishga majbur bo‘ldi. Katta ehtimol bilan, Filip yaqin kelajakda Agueroning o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan.

Sead Kolashinats

«Arsenal» - «Shalke 04”

fas6

Chap qanot himoyachisi negadir Mikel Arteta qo‘l ostida ko‘rinmay qoldi. U joriy mavsumda APLning atigi bitta o‘yinida ishtirok etdi. Shu bois, London klubi bosniyalik futbolchini ijara asosida «Shalke»ga qaytarib yubordi. Sead endi, Bundesligada ishlari yurishmay qolgan jamoani elitada jon saqlab qolishiga ko‘mak berishi lozim.

Radja Naingolan

«Inter» - «Kalyari»

fas7

Belgiyalik futbolchi o‘tgan mavsumni «Kalyari» da ijara asosida o‘tkazgan edi. Qahramonimiz saraton kasalligiga uchragan ayolini yonida bo‘lish maqsadida kuchsizroq jamoada to‘p surgan edi. Yozda u Milanga qaytdi, ammo Konte bilan til topisha olmadi. «Inter» esa, futbolchini yana «Kalyari»ga ijaraga berib yubordi.

Bas Dost

«Ayntraxt» - «Bryugge»

fas8

Gollandiyalik hujumchi Bundesligani Belgiya chempionatiga almashtirdi. Aslida, Dostni Yovichning o‘rnini egallashi uchun taklif etishgan edi, biroq bu urinish omadsiz chiqdi. Oqibatda, klub baland bo‘yli hujumchini 4 million evro evaziga «Bryugge»ga qo‘yib yubordi.

Eten Kapu

«Uotford» - «Vilyarreal»

fas9

Frantsuz 7 yil davomida Angliyaning o‘rtamiyona jamoalarida to‘p surdi, ammo kutilgan natijaga erisha olmadi. «Tottenxem»dagi omadsizlikdan so‘ng, Kapu «Uotford»da uzoq qolib ketdi. Hozirda, u Evropa Chempionlar Ligasida to‘p surish imkoniyatiga ega.

Jo Skalli

«Nyu-York Siti» – «Borussiya Menxengladbax»

fas10_1

AQShda o‘zini ko‘rsatgan futbolchi uchun nemis klubi aslida 2019 yilda pul to‘lab qo‘ygan edi. U 2020 yilning 31 dekabr sanasida 18 yoshga to‘ldi. «Borussiya M» esa, uning tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida klub libosini taqdim etdi.

Fredrik Alves Ibsen

«Silkeborg» – «Vest Xem»

fas11_1

Daniyalik himoyachining APLga ko‘chib o‘tishi uchun «Lids» ham kurash olib borgan edi, ammo Ibsenning agentlari «tovuslar»ning elitada uzoq ushlanib qolishiga ishonmadi. Shuningdek, Fredrik uchun «Rostov» asosiy da’vogarlardan biri edi.

Qishki transfer oynasi chog‘ida erkin agentlar o‘zlari uchun boshqa jamoa izlashi mumkin. Misol uchun Xalkning Xitoy klubi bilan shartnomasi yakunlandi. Diego Kosta esa, «Atletiko» bilan xayrlashdi. Ezikel Garay esa, 6 oydan beri ishsiz qolib ketmoqda. Shuningdek, Ahmed Musa, Kvadvo Asamoa, Vedad Ibishevich, Sandro Ramires singari taniqli futbolchilar ham o‘zlari uchun yangi klubni qishki transfer oynasi chog‘i topishni reja qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!