
“Arsenal” Husanovdan o‘tolmagan yulduz uchun o‘z o‘yinchisini “qurbon” qiladi
“Manchester Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan uchrashuvda “qarg‘alar”ning asosiy hujumchisi Aleksander Isaak o‘zaro kurashda Abduqodir Husanovdan o‘tolmagan edi.
Shunga qaramay, shved hujumchisiga grand klublardan chorlov bo‘lyapti.
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Isaakni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Qimmatbaho futbolchini qo‘lga kiritish uchun “kanonirlar” hozirgi tarkibdan hujumkor o‘yinchilardan birini sotib yuborishga tayyor.
Mirror nashrining yozishicha, londonliklar forvard Leandro Trossard yoki qanot hujumchisi Gabriel Martinellini sotib yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
“Arsenal” Angliya Premer ligasining moliyaviy qoidalarini buzmaslik uchun o‘z o‘yinchilaridan biri bilan xayrlashishi majburiy holat hisoblanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Martinelli va Trossardga Saudiya Araistoni klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lyapti.
25 yoshli Isaakning “Nyukasl” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt bu to‘purarni 75 million evroga baholagan bo‘lsa-da, “Nyukasl” 100 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ talab qilishi kutilyapti.
Fikrlar