
"Arsenal" himoyachisi sobiq jamoasiga qaytmoqda
Himoyachi Sead Kolashinatsning “Arsenal”dan “Shalke”ga o‘tish tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Kicker nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli futbolchining ijarasi gelzenkirxenliklarga 2,2 million evroga tushadi. Kolashinatsning ijarasi 4 yanvardan o‘z kuchiga kiradi va iyunda o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli Saed 2 yanvar kuni “Gerta”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda “Shalke”ga yordam berolmaydi.
Kolashinats uchun “Shalke” begona emas. Boisi u 2012-2017 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Fikrlar