"Arsenal" futbolchisi "Napoli"ga tekinga o‘tadigan bo‘ldi

  • 8 sentabr, 2020, 23:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” himoyachisi Sokratis Papastatopulos katta ehtimol bilan tez orada jamoani tark etadi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gretsiyalik futbolchi “kanonirlar” rahbariyati bilan o‘zini tekinga qo‘yib yuborish masalasida kelishuvga erishgan. Bu esa uning “Napoli”ga erkin agent sifatida yo‘l olishini anglatadi. U neapolliklar safida yiliga 3,5 mln evro maosh olishi aytilmoqda.

32 yoshli Sokratis o‘tgan mavsum APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!