“Arsenal” futbolchilarini “o‘g‘ri urdi”

  • 10 avgust, 2024, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaviy kechki ovqat tadbirida professional kissavurlarni ishga yolladi.

Tecno

The Athletic nashrining yozishicha, kissavurlar restoranga kelgan o‘yinchilar va klub xodimlarining qimmatbaho narsalari, xususan telefonlari va kartmonlarini o‘marishgan.

Mikel Arteta ovqatlanishdan keyin o‘yinchilardan cho‘ntaklaridagi narsalarni chiqarishni so‘ragan. Ko‘pchilik ana o‘sha pallada telefonlari, pullari va boshqa qimmatli narsalari yo‘qolganini bilgan.

Ispaniyalik murabbiy bu orqali jamoadagilarga har doim ogoh va xushyor bo‘lish kerakligini, har qanday holatda ham diqqatni jamlay olish shartligini shu misol yordamida o‘rgatmoqchi bo‘lgani aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!