“Arsenal” A seriyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan birini xarid qilmoqchi

  • 6 iyul, 2022, 15:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" tarkibini kuchaytirishda davom etadi. “To‘pchilar”ning yangi nishoni Italiya A seriyasida bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Mikel Arteta jamoasi “Latsio” yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va Rim klubiga rasmiy taklif tayyorlamoqda.   

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, “kanonirlar” 27 yoshli futbolchi uchun "burgutlar"ga 45 million funt (52 million evro) to‘lashga tayyor.

Oldinroq “Latsio” rahbariyati serbiyalikni 70 million evro evaziga sotishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Savichga Angliya Premer ligasining boshqa jamoasi “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgan, ammo transfer noma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmagan edi.

Milinkovich-Savich o‘tgan mavsumda "Latsio"ning barcha musobaqalar doirasidagi 47 ta o‘yinida maydonga tushib, 11 gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!