
Arsen Venger Frantsiya klubi taklifini rad etdi
Arsen Venger Frantsiyaning "Lion" klubi taklifini rad etdi. Bu haqda Telefoot nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Frantsiya klubi rahbarlari "Arsenal"ning sobiq ustoziga jamoa boshqaruvini taklif qildi. Ammo murabbiy bunga yo‘q deya javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger "Arsenal"da 1996 yildan 2018 yilgacha faoliyat olib borgan.
Fikrlar