Arne Slot: "Yo‘qotishimiz – saboq, lekin kurashishdan to‘xtaganimiz yo‘q"

  • 5 may, 00:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 35-turida "Liverpul" mehmonda "Chelsi"ga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng bosh murabbiy Arne Slot o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bir dono inson shunday degandi: “Yutilgan o‘yin emas, mag‘lubiyat yaxshi natijalar olib keladi”. Men bu so‘zlarga qo‘shilaman. Biz bugun mag‘lub bo‘ldik, ammo bundan ijobiy jihatlarni ko‘raman. Bu mag‘lubiyat “Chelsi”dek kuchli jamoaga qarshi bo‘ldi. Balki bizda odatda bo‘ladigan kayfiyat, uquvning ozgina qismi etishmadi.

Lekin natijadan ko‘ra, biz qanday javob qaytardik – shu muhim. 0:2 hisobida ortda qolganimizga qaramay, taslim bo‘lmadik. Biz qaytishga harakat qildik, muxlislarimiz ham oxirigacha biz bilan bo‘lishdi.

“Chelsi” singari raqibga qarshi o‘ynayotganda xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Bugun biz aynan shunday xatolar qildik. Shu bilan birga, zaxiradan tushgan futbolchilarning asosiy tarkib bilan qanday o‘ynayotganini ko‘rish ham muhim. Ularning harakatlari kelajakdagi rejalarimiz haqida o‘ylab ko‘rishga undaydi" – deya ta’rif berib o‘tdi niderlandiyalik mutaxassis Sky Sports'ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!