
Arne Slot endi “Liverpul”ga yordam berolmaydi
“Liverpu”ni Angliya Premer-ligasining peshqadamiga aylantirgan Arne Slot navbatdagi ikkita uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Tajribali mutaxassis Mersisayd derbisida o‘zini tuta olmagani va hakamlarni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Tartib-intizom qo‘mitasi niderlandiyalik mutaxassisni ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilishdan tashqari, unga 80 ming evro miqdorida jarima ham belgiladi.
O‘sha uchrashuvda “Everton” futbolchilari so‘nggi daqiqada gol urib, hisobni 2:2 ga tenglashtirgan va “Liverpul” qimmatli ikki ochkodan mahrum bo‘lgandi.
Fikrlar