Arman Tsarukyan: "Islom Maxachevni qanday mag‘lub etishni bilaman"

  • 27 iyun, 2023, 11:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning engil vazn (70,3 kg) toifasi vakili Arman Tsarukyan ushbu divizion chempioni Islom Maxachev (24-1) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

Tecno

Men divizionda uni mag‘lub eta oladigan yagona jangchiman.  U bilan jang qilmoqchiman, shuning uchun men uni har doim intervyularda eslayman. Bu tushdagi kurash. Men bor e’tiborimni chempion bo‘lishga qaratganman. Ha, bu faoliyatimdagi eng qiyin jang bo‘ladi, lekin men Islomning kurashini neytrallashtirib, uni “stoyka”da mag‘lub eta olaman.

Ishonchim komilki, men undan yaxshiroq boks tushaman va oyoq zarbalarimni ham yaxshi yo‘llayman. U “klinch”ida yaxshi ishlaydi, shuning  uchun bu jabhada ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Lekin men uni qanday mag‘lub etishni bilaman”, — dedi UFC jangchisi Arman Tsarukyan.

Ma’lumot uchun, Arman Tsarukyan va Islom Maxachev bir bora to‘qnashg kelgan va unda Maxachev ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozongan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!