
Arina Sobolenko Gretsiya go‘zalini kurashdan chiqardi
Belaruslik tennischi Arina Sobolenko BAAda o‘tayotgan "Dubai Duty Free Championships" turnirining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Arina mazkur bosqichda gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:2, 4:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Sobolenko, endi belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar