
Argentinaga qarshi o‘yinning so‘nggi soniyasida qulay vaziyatdan foydalana olmagan futbolchi tarixga kirdi
Avstraliya terma jamoasi jahon chempionati nimchorak final bosqichida Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, mundial bilan xayrlashdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida Garang Kuol Metyu Lekki o‘rniga maydonga tushdi. Shu tariqa, Garang jahon chempionatlari pley-off bosqichida maydonga tushgan Peledan keyingi eng yosh futbolchiga aylandi.
U 18 yoshu 79 kunligida bu natijaga erishdi. Pele 1958 yil 17 yoshu 249 kunligida pley-offda o‘ynagan.
Fikrlar