
Argentina futbol federatsiyasi Messining xatti-harakati uchun KONMEBOLdan uzr so‘radi
La Nacion nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, unda hujumchi Lionel Messining Amerika kubogi 3-o‘rini uchun Chiliga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng aytgan gaplari uchun uzr so‘ralgan.
O‘sha bellashuvda argentinalik forvard maydondan chetlatilgan va bahsdan so‘ng KONMEBOLni korruptsiyada ayblagan edi. AFA xatida Messi konkret mansabdorning ismini aytmaganini, bu gaplarni stress holatida aytib yuborgani uchun uzr so‘ralgan.
Fikrlar