
Aren Robben professional faoliyatini yakunladi
Gollandiyalik vinger Aren Robben o‘zining futbolchilik faoliyatini yakunladi.
“Men professional futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Hech bir shubhasiz aytishim mumkinki, bu faoliyatim davomida qabul qilgan eng qiyin qaror bo‘ldi. Bu yurak va ong to‘qnashuvi bo‘ldi”, - deydi 35 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Robben faoliyati davomida «Groningen», PSV, «Chelsi», «Real» va «Bavariya» kabi jamoalarda to‘p surgan. Gollandiya terma jamoasida esa 96ta o‘yin o‘tkazgan va 37ta gol urishga erishgan.
Fikrlar
Raxmat barchasi uchun.