
Arda Gyulerga “Real”ning munosabati yoqmadi, u klubdan ketmoqchi
“Real” katta umidlar bilan o‘tgan yoz Arda Gyulerni transfer qilgan edi. Madridliklar 18 yoshli futbolchi uchun “Fenerbahche”ga 20 million evro to‘ladi.
Biroq Arda Gyulerga bosh murabbiy Karlo Anchelottining munosabati yoqmayapti. Ancha vaqtni jarohat tufayli boy bergan iste’dodli futbolchi endi maydonda ko‘proq o‘ynashni istayapti.
Amalda esa, Gyuler Ispaniya kubogi va Superkubogida bir martadan maydonga tushib, jami 67 daqiqa o‘ynadi.
Klub rahbariyati Ardaning ketmoqchi ekanidan boxabar qilingan. Turkiyalik futbolchi hech bo‘lmasa, mavsum oxiriga qadar boshqa jamoaga ijaraga berilishi mumkin.
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik 2029 yilning 30 iyunigacha rasmiylashtirilgan.
Fikrlar