Arab klubi bosh murabbiyi Fayzullaevga e’tibor qaratdi

  • 3 fevral, 2024, 16:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogi o‘yinlarini dunyoning turli mamlakatlaridagi futbol mutaxassislari ham kuzatib bormoqda.

Ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Abbosbek Fayzullaev etakchilik qobiliyatini namoyish qilmoqda. 20 yoshli hujumkor futbolchining faolligi terma jamoamiz sardori va to‘purari Eldor Shomurodovning yo‘qligini bildirmay turibdi.

image_2023-08-01_08-01-38

Xorijlik mutaxassislar, murabbiylar, futbolchilar, ekspertlar va umuman futbol jamoatchiligi vakillari Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirishi tobora oddiy holat bo‘lib qolyapti.

Bu gal Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” jamoasi bosh murabbiyi Marko Nikolich rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda Abbosbek Fayzullaevni ham tilga oldi.

- Birlashgan Arab Amirliklarida texnikaga e’tibor ko‘p, hamma yuguradi, kombinatsiyalar uyushtirishadi. Rossiya Premer-ligasi yakkakurashlarga asoslangan. Maydonda ikki bir biridan farq qiladigan futbolni ko‘rish doimo qiziq.

Rossiya Premer-ligasi juda yorqin chempionat, hozir ham kuchlilardan biri sanaladi. Premer-liga ilgari Evropada oltinchi zrinda qayd etilardi. O‘shanda mahalliy futbolchilar va sifatdi legionerlar to‘p tepar edi. Hozir rossiyaliklar shu darajani ushlab qolgan.

Eduard Spertsyan, Fdlor Smolov, Aleksandr Chernikov, Anton Miranchuk va Dmitriy Barinovni tilgan olishim mumkin.

Abbosbek Fayzullaevning nomini esa, alohida aytish kerak, uning o‘yini menga juda yoqadi, - dedi Marko Nikolich.

32b05bb5c4bfd096aaeb03ce268ae50a6518370c6e9c4801976692

Eslatib o‘tamiz, serbiyalik Marko Nikolich qo‘l ostida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilaridan Azizbek G‘aniev o‘ynayapti.

25 yoshli yarim himoyachi “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Azizbek qarshiliklar safida to‘rt yil harakat qilganidan keyin 2020 yilning boshida Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oldi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portalida “Shabab Al-Ahli” o‘zbek futbolchisi uchun “Nasaf”ga 630 ming evro to‘lagani qayd etilgan.

G‘aniev “Nasaf” safida jami 11 ta uchrashuvda 10 ta gol va 13 ta assist qayd etgan. “Shabab Al-Ahli”safidga qo‘shilganidan beri Azizbek jami 86 marotaba maydonga tushgan futbolchimiz raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 16 marotaba golli pas uzatgan.

Joriy mavsumda Azizbek G‘aniev barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga uchta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi.

Bugungi kunda legionerimizning transfer summasi 3 million evroga etgan. U jamoasining eng qimmatbaho ikki o‘yinchisidan biri hisoblanadi.

00ec7391893d01f39a3538bb8c375b64

“Shabab Al-Ahli”da G‘anievdan tashqari Germaniyaning “Xoffenxaym” jamoasidan transfer qilingan isrollik hujumchi Munas Dabburning narxi ham 3 million evro ekani ko‘rsatilgan.

Marko Nikolich qo‘l ostida to‘p tepayotgan Azizbek G‘anievning amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.   

Bizga Fayzullaevning gollarini ko‘rsatishyapti

O‘zbekiston Qatarni yutadimi? Terma jamoamizni yaxshi biladigan ekspertlar xulosasi

Legionerimiz transferiga qanday baho berishdi?

TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuborishi kerak!

Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!

Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!

Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!

Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустамжон Кодиров
04/02/2024 23:52
Жалолдин Миршарипов парог килди, Яна капитан болуб туруб шу ишни килди. Яна яхши артист. Менимча тренерда айиб йок у узи колувди болалар урнига уйнаш..
&
Sports 55
03/02/2024 11:27
Шу болани олмадиде