
Aqldan ozish mumkin! "Al-Ittihod" Saloh uchun "Liverpul"ga fantastik summa taklif qildi
"Liverpul" Muhammad Salohni qo‘yib yuborish niyatida emas.
Avvalroq, "Al-Ittihod" "Liverpul" hujumchisini sotib olishga qiziqayotgani malum bo‘lgandi. Saudiya klubi 150 million evro to‘lashga tayyor.
Shuningdek, misrlik futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingani xabar qilingandi. "CBS Sports" jurnalisti Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hali rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q, “Liverpul” hamon futbolchini sotish niyatida emas.
Qayd etilishicha, saudiyaliklar hamon kelishuvni yakunlashni rejalashtirmoqda va taklifni 200 million evrogacha oshirishi mumkin.
Fikrlar