
APLning yozgi transferlardagi eng qimmat xaridlari e’lon qilindi
Joriy hafta boshida Angliyada yozgi transferlar oynasi rasman yopildi. Sky Sports APL klublari tomonidan amalga oshirilgan eng qimmat transferlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, “Bayer”dan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan Kay Xaverts o‘tgan yozning eng qimmat xaridi bo‘ldi. “Aristokratlar” germaniyalik futbolchi uchun “dorishunoslar”ga naqd 83 mln evro to‘ladi.
Ikkinchi o‘rinda esa, portugaliyalik himoyachi Ruben Diash transferi qayd etildi. “Manchester Siti” uni “Benfika”dan 71 mln evro to‘lab sotib oldi.
Eng qimmat transferlar uchligini Ben Chiluell yakunlab berdi. U “Lester”dan “Chelsi”ga 54 mln evroga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar