
APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (Foto)
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
22 yoshli forvard o‘tgan oyda "shaharliklar" tarkibida Angliya premer-ligasining 5 uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol hamda 1 ta samarali uzatma muallifiga aylandi.
Erling 2020 yilning fevralidan buyon ilk marotaba APLdagi debyut oyida ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchiga aylandi. O‘shanda mazkur nomga "Manchester Yunayted" xavbeki Brunu Fernandesh loyiq deb topilgandi.
Qayd etish lozim, Paskal Gross («Brayton»), Gabriel Jezus («Arsenal»), Aleksandar Mitrovich («Fulxem»), Martin Edegor («Arsenal»), Nik Poup («Nyukasl»), Rodrigo («Lids») va Uilfrid Zaa («Kristal Pelas») kabi futbolchilar ham ushbu sovrin uchun kurashda ishtirok etdi.
Fikrlar