
APL. "Vest Xem" g‘alaba qozonib, jadvalda peshqadam bo‘lib oldi, "Luton" turnirdagi ilk golini urdi
APL 4-turidan o‘rin olgan "Luton" - "Vest Xem" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "bolg‘achilar" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Jarrod Bouen 37-daqiqada hisobni ochdi. 85-daqiqada Kurt Zuma hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Andersen farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ochkolari sonini 10taga etkazib qo‘ygan "Vest Xem" APL turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar