
APL. "Manchester Yunayted" kichik hisobda g‘alaba qozondi
APLda qoldirilgan bahs "Manchester Yunayted" - "Brentford" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va mezbonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona golni Reshford kiritdi. Hujumchi 27-daqiqada Zabitser pasidan unumli foydalandi. Qolgan vaqtda gol urilmadi va hisob shu holatda qoldi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 53 ochko bilan 4-o‘ringa qaytdi.
Fikrlar