
APL. "Fulxem" - "Vulverxempton": Londonliklar so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
APLning 13-turidan o‘rin olgan "Fulxem" - "Vulverxempton" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 7-daqiqada Ivobi hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Kunya imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Villian jamoasini oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada esa Xvan hisobni tenglashtirdi. 90+4 daqiqada hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va 11 metrlik jarimadan Villian foydalanib, g‘alaba golini urdi.
Shu tariqa, londonliklar 14-o‘ringa chiqib oldi. "Vulvz" esa 12-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar