
APL debyutanti Germaniya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
16 yillik tanaffusdan so‘ng yana APLga qaytgan “Lids” o‘z safini PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler bilan kuchaytirmoqchi.
RMC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, premer-liga debyutanti Germaniya terma jamoasi a’zosini ko‘ndirishga urinmoqda. Ammo Draksler “Lids”ga o‘tishga qiziqish bildirmayapti.
Draksler o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 5 ta goliga assistentlik qildi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar