
APL. "Brentford" "Tottenxem"ni iroda namoyish etib, mag‘lub qildi
APL 37-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Brentford" bahsida mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Shporlar"ning yagona goliga Xarri Keyn mualliflik qilgan bo‘lsa, "Brentford" safida Brian Mbyomo dubl qayd etdi hamda Yoan Vissa bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ochkolari sonini 56 taga etkazib olgan Tomas Frank shogirdlari "Tottenxem" bilan farqni 1 ochkogacha qisqartirib oldi va Evropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashga qo‘shildi.
Fikrlar