APL. "Arsenal" yirik hisobda zafar quchdi, "Nyukasl" ochko yo‘qotdi, "Tottenxem" esa o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi

  • 17 fevral, 2024, 22:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 25-turidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quyida natijalar bilan tanishing. 

Tecno

"Byornli" maydoniga safar qilgan "Arsenal" mezbonlar darvozasi tomon javobsiz 5 ta gol urdi.

Saka dubl qilgan bo‘lsa, EdegorTrossard va Xavertslar bittadan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

3 ochkoni qo‘lga kiritgan "kanonirlar" 2-o‘ringa chiqib oldi. 

"Byornli" 0:5 "Arsenal"

"Tottenxem" "Vulverxempton"ga o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi. 

Mehmonlar tarkibidan Gomesh ikki bora Vikario darvozasini ishg‘ol qildi. 46-daqiqada Kulusevski javob qaytardi. 

Mazkur bahsdan keyin "shporlar" 5-o‘ringa tushib ketdi. "Bo‘rilar" 10-pog‘onaga ko‘tarildi. 

"Tottenxem" 1:2 "Vulverxempton"

"Nyukasl" "Bornmut" bilan durang o‘ynab, bir ochkoga ega chiqdi. 

O‘yinda Salonke hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay Gordon penaltini aniq amalga oshirdi. Shundan keyin Semeno jamoasini oldinga olib chiqdi. 90+2 daqiqada hisobni tenglashtirdi. 

"Qarg‘alar" 7, "Bornmut" esa 13-pog‘onadan joy oldi. 

"Nyukasl" 2:2 "Bornmut"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!