
APL. "Arsenal" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi va yana peshqadamga aylanib oldi
APL 4-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Fulxem" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu uchrashuvda "to‘pchilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
56-daqiqada Mitrovich hisobni ochgan bo‘lsa, biroz o‘tib Edegor muvozanatni tikladi. 85-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Gabriel London klubining g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Arteta shogirdlari APL turnir jadvaliga peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar