"Anvonted Boys"ning navbatdagi raqibi ma’lum

  • 4 yanvar, 22:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pike tomonidan tashkil etilib, Italiyada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston nomidan harakat qilayotgan "Anvonted Boys" jamoasining navbatdagi raqibi Peru bo‘ldi. 
 
Pley-offga o‘tish uchun so‘nggi to‘qnashuvda O‘zbekiston media jamoasi Peru bilan kuch sinashadi. Ushbu bahsda g‘alaba qozongan jamoa esa keyingi bosqichga yo‘l oladi. 
 
"Fk Anvonted" birinchi uchrashuvda Saudiya Arabistoni ustidan irodali 4:3 hisobida zafar quchgan edi. Ikkinchi to‘qnashuvda esa jamoamiz AQShga 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 
 
Peru esa dastlabki to‘qnashuvda Germaniyaga 4:2 hisobida g‘alabani boy bergan bo‘lsa, navbatdagi bahsda Janubiy Koreya ustidan 4:3 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!