
Antonio Ryudiger: "Xoland shunchaki odam emas. Hattoki, van Deyk va Saliba ham uni to‘xtatishi mushkul"
Antonio Ryudiger Erling Xolandning o‘yinidan hayratda ekanligini bildirdi.
"Men o‘zimga o‘xshagan hujumchilar bilan oyoqdan oyoqqa turishni yaxshi ko‘radigan eski maktabning himoyachisiman.
Bu yigit shunchaki odam emas. Nima eydi, nima qiladi, bilmayman. Lekin gollarini ko‘rganimda xayratda qolaman. Agar tezlikda Erlingni mag‘lub eta olaman desangiz, o‘sha zaxotiyoq mag‘lub bo‘lganingingizni darhol tushunasiz.
Xoland bilan jismoniy taraflama kam odam tenglasha oladi. Faqat van Deyk va Salibalargina norvegiyalik monstr bilan raqobatlasha olishi mumkin. Xo‘sh, menchi... Keling yaxshisi barcha o‘z ishini qilgani ma’qul(kuladi)", - dedi "Real Madrid" himoyachisi.
Fikrlar