
Antonio Konte: "Bu klubni yana ulkan ambitsiyalarga ega jamoaga aylantirish uchun keldim"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Milan" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z jamoasining ambitsiyalari haqida gapirdi.
"Biz o‘yindan o‘yinga yanada kuchliroq va bardoshliroq bo‘lib boramiz. Men o‘z nomim va kasbim bilan boshidanoq mas’uliyatni his qilib kelganman. Chunkimurabbiylik faoliyatimda qandaydir muvaffaqiyatlarga erisha oldim. Har bir klub mavsumni boshlashda o‘z maqsadlarini belgilab oladi. Biz ham o‘z maqsadlarimizni bilamiz. Birinchi navbatda bu evrokuboklarga qaytish. Chunki "Napoli" xalqaro maydonda 14 yil ichida birinchi marta o‘ynamaydi.
O‘tgan mavsumda bu jamoa peshqadamlardan naqd 41 ochkoga ortda qolganini unutmang. Biz neapollik muxlislarning orzularini ro‘yobga chiqarishni xohlamoqdamiz. Ammo avval oyoqqa mustahkam turib olishimiz kerak.
Meni g‘ururlantiradigan narsa shundaki, biz to‘rt oy ichida yakka o‘zini o‘ylaydigan o‘yinchilarni emas, balki jamoa haqida o‘ylaydigan yaxlit jamoani yarata oldik. Faoliyatimdagi eng yaxshi jamoalardan biri shubhasiz "Napoli". Klub rahbarlaridan tortib, tibbiyot xodimlari, agronomlargacha hammaning qarashi, niyati bir hil. Bularning barchasi esa, ajoyib muhit yaratadi.
Jamoa yaxshi ishlayotganidan xursandman. Biroq, biz ham muvaffaqiyatsizlik va xatolarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Biz klub muxlislarini o‘z jamoasi bilan faxrlanishlarini istaymiz", - dedi "Napoli" bosh murabbiyi.
Fikrlar