Antoni va Garnacho faoliyatlarini Madrid klubida davom ettirishlari mumkin

  • 19 aprel, 22:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisi Alexandro Garnacho va Antoni yozgi transfer oynasida "Atletiko Madrid" safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.

 Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” rahbariyati ushbu ikki futbolchini sotish orqali 100 million evro ishlab olishmoqchi. Garnacho uchun 60 million, Antoni uchun esa 40 million evro so‘ralmoqda.

Shu bilan birga, hozirda Antoni ijara asosida o‘ynayotgan “Betis” uni saqlab qolishni istaydi, biroq moliyaviy imkoniyatlarining cheklangani sababli to‘liq transferni amalga oshira olmasligi mumkin.

Ayni paytda “Atletiko” Ispaniya chempionati jadvalida 32 turdan so‘ng 63 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!